Qozog‘istonda “ko‘cha”lar o‘zbekistonliklardan o‘lpon talab qildi (video)
3-sahifa
−
13 may 7602 1 daqiqa
Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi “Qoplonbek” chegara o‘tkazish punktida noma’lum shaxs olti qirrali buragich (“otvertka”) bilan qo‘rqitib, O‘zbekistondan o‘tgan shaxslardan “ulush” talab qildi. Viloyat Politsiya departamenti mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Boshqarma matbuot xizmatiga ko‘ra, Turkiston viloyati Sariag‘ash tumanidagi “Qoplonbek” o‘tkazish punktida sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, muqim yashash joyiga ega bo‘lmagan 43 yoshli ishsiz Turkiston viloyati fuqarosi qo‘lga olingan. Gumonlanuvchi Sariag‘ash tumani politsiya boshqarmasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hodisaning qachon sodir bo‘lgani ochiqlanmagan.
Bildirilishicha, hozirda zarur tergov harakatlari olib borilmoqda. Politsiya har qanday noqonuniy xatti-harakat Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.
“Chegaraoldi hududlarida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini, shu jumladan davlat chegarasini kesib o‘tayotgan shaxslar xavfsizligini ta’minlash alohida nazoratda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi