Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda

Olam

image

Bugun, 6 oktyabr kuni Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha respublika referendumi bo‘lib o‘tmoqda. Referendumda qozog‘istonliklar mamlakatga atom elektr stansiyasi kerak yoki yo‘qligini hal qilishi kerak.

Referendumga qo‘yilgan savol: “Siz Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozimisiz?”.

Qozog‘istonliklar ikkita javobdan birini tanlashlari mumkin: “ha” yoki “yo‘q” va ularning oldiga belgi qo‘yish mumkin.

Ovoz berish soat 20:00 gacha davom etadi.

Qozog‘iston referendum o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi atom elektr stansiyalari bo‘yicha referendumda ishtirok etganlik haqidagi dastlabki ma’lumotlarni e’lon qildi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, soat 14:00 holatiga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan fuqarolar umumiy sonining 51,77 foizi saylov byulletenlarini olgan.

Jumladan:

  1. Abay viloyatida - 52,99%
  2. Oqmola viloyatida – 54,91%.
  3. Aqto‘be viloyatida – 52,85%
  4. Olmaota viloyatida – 59,32%
  5. Atirau viloyatida – 52,91%
  6. G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida – 50,52%.
  7. Jambil viloyatida – 48,80%.
  8. Jetisu viloyatida - 55,42%
  9. Qarag‘anda viloyatida – 59,92%
  10. Qo‘stanay viloyatida – 61,54%.
  11. Qizilo‘rda viloyatida – 54,13%.
  12. Mangistau viloyatida – 46,19%.
  13. Pavlodar viloyatida – 49,18%.
  14. Shimoliy Qozog‘iston viloyatida – 48,00%
  15. Turkiston viloyatida - 67,38% 16. Ulitau viloyatida - 59,65%.
  16. Sharqiy Qozog‘iston viloyatida – 61,73% 18. Ostonada – 45,19%.
  17. Olmaota shahrida – 16,91%
  18. Chimkentda – 64,38%

Ma’lumot uchun, "Respublika referendumi to‘g‘risida”gi Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 31-moddasi 2-bandiga muvofiq, referendumda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi ovoz berishda qatnashgan bo‘lsa, referendum o‘tgan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Qosim-Jomart To‘qayev 2 sentyabr kuni Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6 oktyabr kuni o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Keyinchalik Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi atom elektr stansiyasi bo‘yicha referendum o‘tkazish uchun 15,5 milliard tenge (32,1 million dollar) sarflashni rejalashtirayotgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing