Yana bir tumanda bog‘chalar vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
16 iyul 9243 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekistonda joriy yilning 16-18 iyul kunlari ob-havoning keskin isib ketishi sababli Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini to‘xtatishi haqida xabar berilgandi. Taxiatosh tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham vaqtincha ishlamaydigan bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimi tegishli qarorga imzo chekdi.

Hokimlik hujjatida qayd etilishicha, bu yilgi yoz mavsumida havo haroratining keskin oshib ketishi ortidan issiqning bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini oldini olish maqsadida barcha bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi. 17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18-20 iyulda respublikaning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Live
Barchasi