Qoraqalpog‘istonda poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 30 iyul kuni Qoraqapog‘iston Respublikasi hududidan o‘tgan temiryo‘lda yuk mashinasi hamda poyezd to‘qnashib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 16:09 da Baday va Beruniy stansiyalari o‘rtasidagi 592-kilometrda qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida avariya sodir bo‘lgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, KamAZ yuk mashinasi yo‘l harakati qoidalariga e’tibor bermay, “Andijon-Qo‘ng‘irot” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi poyezdi oldidan o‘tish joyini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida yuk mashinasi va poyezd o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan, teplovoz relsdan chiqib ketgan. Ammo to‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan tezkor guruh voqea holatlari yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borgan. 

Bildirilishicha, temiryo‘lchilar o‘z vaqtida chora ko‘rib, poyezdning barcha yo‘lovchilari 6 ta avtobusda Nukus va Qo‘ng‘irot shaharlariga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod shahrida poyezd va mikroavtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. YHXB xabariga ko‘ra, hodisa tufayli transport vositalari texnik jihatdan shikastlangan. Fuqarolar sog‘lig‘iga zarar yetmagan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Qoraqalpog'iston yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing