Qonli jangda Beterbiyev raqibini nokautga uchratdi
Sport
−
18 dekabr 2021 5239 1 daqiqa
Kecha, 18 goyabr kuni Kanadaning Monreal shahridagi “Bell Center” arenasida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning asosiy jangi yarim og‘ir vazn toifasida IBF va WBC yo‘nalishlari chempioni Artur Beterbiyev (17-0, 17 KO) amerikalik Markus Braunga (24-2, 16 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va 9-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Unga qadar yettinchi raundda Braun nokdaun holatiga tushgan edi.
“Peshonamdagi jarohat faoliyatimdagi yangi tajriba. Bu boks va unda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. G‘alaba qozonganimdan xursandman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Endi nima bo‘ladi? Yotib uxlaymman. Har qanday jangga tayyorman. Eng yaxshi jangchilar bilan mushtlashmoqchiman. Eng zo‘ri bo‘lish uchun eng zo‘rlarini mag‘lub etish kerak”, deydi Beterbiyev.
Eslatib o‘tamiz, har ikki bokschi jangni og‘ir jarohatlar bilan o‘tkazdi. G‘alaba qozonganiga qaramay “oq bo‘ri” peshonasidan jiddiy jarohat olgan edi. Biroq qonli jang davom ettirildi. 9-raundga kelib Beterbiyev bir nechta kuchli zaralar yo‘lladi va amerikalik “ser” jangni davom ettira olmadi.
Ma’lumot uchun, yarimog‘ir vazn toifasida qolgan ikkita chempionlik kamariga rossiyalik Dmitriy Bivol (WBA) va amerikalik Jo Smit (WBO) egalik qiladi.
Live
Barchasi