Qiz bolaning intim suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Xorazm viloyatida yashovchi fuqaro 1998 yilda tug‘ilgan qizning yalong‘och rasmlarini tarqatib yubormaslik evaziga undan 16 millon so‘m undirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Urganch tumanida yashovchi M.A. ismli ayol joriy yilning 24 iyun kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, uning 1998 yilda tug‘ilgan qizining kiyimsiz rasmlarini qo‘lga kiritgan shu tumanda yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.R. ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu rasmlarni tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan. 

Sh.R shu paytgacha qizdan 9 600 000 so‘m miqdorida pul va qimmatbaho uyali telefonini olgan bo‘lsada, yana 15 860 000 so‘m miqdoridagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilayotganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Kelib tushgan murojaatni o‘rganish uchun Xorazm viloyati IIB JQB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Sh.R. talab qilingan summadagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, hozirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorazm Urganch intim

Baholaganlar

695

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing