Qirg‘izistonda terakt uyushtirishni reja qilgan qiz ushlandi (video)

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Bishkekdagi savdo markazlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati bugun, 18 oktyabr kuni xabar berdi.

Aniqlanishicha, Ukraina fuqarosi Ya. Ovsyuk Telegram messenjerida keyinchalik nomi “AVERSION” deb o‘zgartirilgan “Bishkek dahshati” kanalini yaratgan. Bu kanal Bishkekdagi maktablar va savdo markazlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqidagi ma’lumotlarni faol ravishda tarqatib borgan.

Kanalda “ayana” nomli foydalanuvchining poytaxtdagi savdo markazlari – GUM, SUM, Bishkek Park, “Dordoy Plaza”, “Azia Moll” va “Tommi Moll” savdo majmualarini portlatish niyatini bildirgan audiosi topildi.

“Bu aholi orasida vahima va jamoatchilik noroziligini keltirib chiqardi”, deyiladi xabarda.

17 oktyabr kuni Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 252-moddasi 1-qismi (terrorchilik harakatini sodir etish bilan tahdid qilish) bilan jinoyat sodir etish asosida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida yuqorida qayd etilgan xabar muallifi Qirg‘iziston fuqarosi G.A.ning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olindi. U Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Bryansk viloyatida mamlakat Federal xavfsizlik xizmati tomonidan terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

terrorchilik terakt Qirg'iziston Ya. Ovsyuk Ukraina fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing