Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijonda sezildi
Jamiyat
−
26 iyul 2025 2641 1 daqiqa
Bugun, 26 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 03:48 da Qirg‘izistonda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 286 km janubiy-sharqda, Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyatida joylashgan.
Vaqti: 03:48:10 26.07.2025
Magnituda: 3,6
Chuqurligi: 10 km
Episentr: Jalolobod, Qirg‘iz Respublikasi
Koordinatalari: 41,13 N, 72,63 E
Epimarkazda sezilish kuchi: 4 ball
O‘zbekistonda sezilish kuchi:
Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 25 km.
Izboskan tumanida 2 ball, 40 km.
Andijon tumanida 2 ball, 41 km.
Jalaquduq tumanida 2 ball, 44 km.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 02:40 da Qirg‘izistonda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi va u ham O‘zbekiston hududida sezilgandi.
Live
Barchasi