Qirg‘izistonda sel oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi
Olam
−
01 iyul 2024 6585 1 daqiqa
Kecha, 30 iyun kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan sel oqibatida 9 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘sh viloyatining Nookat tumanida sodir bo‘lgan sel oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 9 kishiga yetgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning olti nafari 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Ularning barchasi bir oila vakillari ekani aniqlangan. Ulardan birining jasadi Abshir-Ota qishlog‘idan topilib, militsiyaga topshirilgan.
Bildirilishicha, qidiruv tadbirlarida 373 kishi: Favqulodda vaziyatlar vazirligining 53 nafar qutqaruvchisi, Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 120 nafar xodimi, Mudofaa vazirligining 50 nafar xodimi va 150 nafar mahalliy aholi ishtirok etgan.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun