Qirg‘iziston “Tolibon”ga yordam bermoqchi

Olam

image

Qirg‘iziston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam yetkazib beradi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat parlamentining Byudjet, iqtisodiy va fiskal siyosat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Moliya vaziri o‘rinbosari Umidjon Omonboyevning ma’lum qilishicha, bu maqsadlar uchun 6 million 871 ming 600 som mablag‘ ajratilmoqda.

Ammo gumanitar yordam bo‘yicha boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Birinchi may tuman sudining 2006 yil sentyabrdagi qarori bilan “Tolibon” Qirg‘izistonda terrorchilik harakati sifatida tan olingan edi. Bundan roppa-rosa 1 yil oldin, ya’ni 2024 yilning sentyabr oyida Qirg‘iziston “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi. Qirg‘iziston Din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari Qozog‘istonda ham “Tolibon” terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT davlatlari ham ushbu masalani muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston rasmiylari AQSH Prezidenti Donald Trampning Bagram aviabazasi haqidagi so‘zlarini izohlar ekan, Vashingtonni o‘tmishdagi muvaffaqiyatsiz yondashuvlarni takrorlamaslikka va mantiqiylikni ko‘rsatishga chaqirgandi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston Qirg'iziston Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing