Afğonistonda “opiy” işlab çiqariş beş barobarga köpaydi – BMT
Olam
−
11:07 535 3 daqiqa
Afğonistonda joriy yilda “opiy” köknori yetiştiriş uçun ajratilgan maydonlar 325 foizga kengayib, 43,3 ming gektarga yetdi. Bu haqda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC) hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga köra, 2025 yilda mamlakatda köknori ekilgan maydonlar qariyb 10,2 ming gektarni taşkil etgan. Joriy yilda esa bu körsatkiç keskin oşgan. Şunga qaramay, ekin maydonlari “Tolibon” hokimiyatga kelişidan oldingi davr bilan soliştirganda ança kam. Öşa paytda köknori 200 ming gektardan ortiq yerda yetiştirilgan
UNODC baholaşiça, joriy yilda Afğonistonda opiy işlab çiqariş hajmi ham qariyb beş barobarga oşib, 1 466 tonnaga yetgan. 2025 yilda bu körsatkiç 296 tonna bölgan. Bunga ekin maydonlarining kengayişi, yoğingarçilikning köpayişi va suv ta’minotining yaxşilanişi sabab bölgan.
Köknori yetiştiriş mamlakatning 34 viloyatidan 16 tasida aniqlangan. Eng katta ösiş mamlakat şimoli-şarqidagi Badaxşon viloyatida kuzatilgan. U yerda ekin maydonlari bir yil içida 6,6 ming gektardan qariyb 29,5 ming gektarga yetgan. Toxar viloyatida esa köknori ekilgan yerlar 274 gektardan 3,4 ming gektargaça kengaygan.
Qayd etilişiça, Afğoniston şimoli-şarqidagi viloyatlar mamlakatdagi jami köknori ekin maydonlarining 76 foizini egallagan. Şu tariqa, avval “opiy” işlab çiqarişning asosiy markazi bölgan janubiy hududlar örnini şimoli-şarqiy viloyatlar egallagan.
UNODC fermerlar köknori ekinlarini yöq qilişga qaratilgan çoralardan qoçiş uçun ularni boşqa ekinlar orasiga yoki devor bilan öralgan hududlarga ekayotganini ham aniqlagan. Xususan, Hilmand viloyatida köknori maydonlarining 90 foizdan ortiği şu usullardan biri orqali yaşirilgan.
Şuningdek, may va iyun oylarida Badaxşonda köknori ekinlarini yöq qiliş böyiça ötkazilgan amaliyotlar mahalliy aholi noroziligiga sabab bölgan. Namoyişçilar va «Tolibon» xavfsizlik kuçlari örtasidagi töqnaşuvlarda bir neça kişi halok bölgan va jarohatlangan.
Ma’lumotlarga köra, 2026 yilda Afğonistondagi opiy savdosi mamlakat içidagi savdogarlarga taxminan 525 million dollar daromad keltirgan. Bu mamlakat yalpi içki mahsulotining 2,7 foiziga teng.
Ma’lumot uçun, “Tolibon” 2022 yil aprel oyida mamlakatda köknori yetiştiriş va giyohvandlik vositalari işlab çiqarişni taqiqlagan edi. Uşbu taqiqdan keyin 2023 yildan boşlab ekin maydonlari keskin qisqargan. Biroq UNODC yangi körsatkiçlar taqiqning samaradorligi susayişi mumkinligini bildirayotganini ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonda töylar va boşqa bayram tadbirlarida odamlarning osoyiştaligini buzuvçi vositalardan foydalaniş, ya’ni muşakbozlik qiliş taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr