Qirg‘iziston poytaxtida jamoat transporti harakati tiklanyapti
Olam
−
20 may 2020 5525 1 daqiqa
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida joriy yilning 25 mayidan boshlab jamoat transportlari harakatlana boshlaydi. Bu haqda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerak, masofani saqlab, niqobda bo‘lishlari shart.
Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari ham poyabzal ta’mirxonalari, mebel yig‘uvchi va tuzatuvchilar, soatsozlar kabi 21 maydan ish boshlaydi.
“Transport vostilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari ham ochiladi”, degan amaldor.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda 1243 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 14 nafari vafot etgan va 898 nafari sog‘aygan.
Avvalroq, Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda ham joriy yilning 13 may kunidan jamoat transportlari faoliyati tiklandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025