Qirg‘iziston 14 tonna qovunni O‘zbekistonga qaytarib yubordi
Jamiyat
−
24 fevral 20003 1 daqiqa
O‘zbekistondan eksport qilingan 14 tonna qovun somon ustida tashilayotgani sababli Qirg‘izistonga kiritilmadi. Bu haqda “Economist” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jalolobod hududiy boshqarmasining kimyoviy himoya, o‘simliklarni himoya qilish va karantin bo‘limi xodimlari “Ken-Say” nazorat-o‘tkazish punkti orqali mahsulot olib kirishda fitosanitariya talablarining buzilganini aniqlagan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan Jalolobod viloyatiga yo‘l olgan yuk mashinasi 14 tonna qovun olib ketayotgan bo‘lgan. Tekshiruv chog‘ida qovunlarning somon “yostiqcha”sida tashilayotgani aniqlangan, biroq bu fitosanitariya sertifikatida ko‘rsatilmagan.
Ta’kidlanishicha, somon yuqori fitosanitariya xavfiga ega mahsulot hisoblanib, unda ambroziya, g‘orchak va povilika kabi begona o‘tlarning urug‘lari bo‘lishi mumkin. Uning olib kirilishi hujjatlarda majburiy ravishda ko‘rsatilishi va xavfsizligi tasdiqlanishi lozim.
Karantin fitosanitariya talablarining buzilishi sabab boshqarma xodimlari nazorat dalolatnomasi rasmiylashtirib, yukni qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Barcha mahsulotlar inspektorlar nazorati ostida jo‘natuvchiga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Pavlodar shahridan kelayotgan kartoshka ortilgan vagon tekshiruv ishlari yuzasidan O‘zbekiston bilan chegarada 10 kun ushlab qolingani oqibatida chirib qolgani ma’lum qilingandi. So‘ng ushbu kartoshka mahsulotlari O‘zbekiston sotuv rastalariga yo‘naltirilgandi.
Live
Barchasi