Qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvda 8 kishi yaralandi, ikki kishi o‘ldi
Olam
−
14 Sentabr 2022
5436Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylari chegarasida sodir bo‘lgan otishmada Qirg‘izistonning ikki fuqarosi yaralandi. Bu haqda bugun, 14 sentyabr kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati ma’lum qildi.
“Botken” chegara otryadining “Samarqandek” chegara zastavasi hududida sodir bo‘lgan qurolli hodisa oqibatida Qirg‘iziston Respublikasining ikki fuqarosi jarohatlangan”, deyiladi xabarda.
Jabrlanganlar Lyaylak tumani shifoxonasiga yetkazilgan.
To‘qnashuvda ikki tojik chegarachisi ham halok bo‘ldi, olti nafari yaralandi. Bu haqda Tojikistonning “Asia-Plus” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy tinch aholi orasidan yana besh kishi ham yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Halok bo‘lgan ikki chegarachidan biri yaralangan, keyin esa qon yo‘qotishdan shifoxonada vafot etgan. Ikkinchi chegarachi snayper tomonidan halok bo‘lgan.
Qirg‘iziston tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 14 sentyabr kuni tojik chegarachilari Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududi yaqinidagi chegaraning belgilanmagan qismiga kirib, jangovar pozitsiyalarni egallagan.
Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Bir necha soatdan keyin Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham otishma sodir bo‘ldi.
Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaraning uzunligi 980 km dan oshadi, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin uning o‘nlab bahsli uchastkalari saqlanib qolgan. Hozirgacha ikki davlat o‘rtasidagi 660 km dan ortiq masofa aniqlanib, delimitatsiya va demarkatsiya jarayonida kelishib olingan. Ayrim hududlarda vaqti-vaqti bilan chegaradosh hududlarning mahalliy aholisi o‘rtasida kelishmovchilik va nizolar kelib chiqadi.
LiveBarchasi