Qaysi viloyatda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida 177 mingta nikoh qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Nikohlarning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

  • Samarqand viloyati – 21,2 mingta
  • Farg‘ona viloyati – 19,4 mingta
  • Qashqadaryo viloyati – 17,7 mingta
  • Toshkent shahri – 16,9 mingta
  • Andijon viloyati – 14,9 mingta
  • Surxondaryo viloyati – 14,0 mingta
  • Namangan viloyati – 13,8 mingta
  • Toshkent viloyati – 13,4 mingta
  • Buxoro viloyati – 9,8 mingta
  • Xorazm viloyati – 9,5 mingta
  • Qoraqalpog‘iston R – 8,7 mingta
  • Jizzax viloyati – 7,6 mingta
  • Navoiy viloyati – 5,5 mingta
  • Sirdaryo viloyati – 4,5 mingta

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda nikohlar soni yildan yilga kamayib borayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

nikoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing