Qashqadaryodagi tarixiy yodgorlikka elektr korxonasi xodimlari tomonidan zarar yetkazildi
3-sahifa
−
14 iyun 2023 6851 1 daqiqa
Qashqadaryoda tarixiy yodgorlik hududida tuman elektr korxonasi mas’ul shaxslari tomonidan qurilish amalga oshirilib, unga zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Darxon” mahallasida joylashgan VI-XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya ob’ektiga jiddiy ziyon yetkazilgan. Tuman elektr korxonasi mas’ul shaxslari transformator punktini o‘rnatish uchun yodgorlikning 3,75 metr kub hajmidagi qismi noqonuniy ravishda kovlab, madaniy meros ob’ektiga 93 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Mazkur ob’ekt madaniy meros sifatida ro‘yxatga olinib, davlat muhofazasida bo‘lgan.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani elektr ta’minoti mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Buxorodagi tarixiy ob’ektlarga 300 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan edi.
Live
Barchasi