Qashqadaryoda yigit amakisining qizini olib qochib, nikohga majburladi
3-sahifa
−
04 noyabr 2020 81998 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yigit onasi bilan amakisining qizining olib qochib, uni turmush qurishga majburladi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.
Mirishkor tumanidagi “Obod” MFYda yashovchi 18 yoshli X.A. IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda keltirilishicha, shu yilning 4 oktyabr kuni opasi bilan o‘zlari yashaydigan mahallada joylashgan savdo do‘koniga borish uchun uydan chiqishgan. Opa-singil ko‘chada ketayotganida amakisining o‘g‘li X.A. Nexia avtomashinasida onasi bilan keli, X.A.ni ko‘chada avtomashinaga majburlab mindirib, tumanning Cho‘lquvar qishlog‘iga olib ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, X.A. amakisining qizini o‘ziga turmushga chiqishga majbur qilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozir tergov harakatlari olib borilyapti.
Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda ham bir guruh fuqarolar qiz bolani olib qochgani va turmush qurishga majburlagani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025