Qashqadaryoda uylarni isituvchi qozonxona portlab ketdi
Jamiyat
−
12 yanvar 2023 6131 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida uylarni isituvchi qozonxonalarning birida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash joriy yilning 11 yanvar kuni soat 21:25 larda shaharning “Gungon” mahallasida joylashgan isitish uchun mo‘ljallangan qozonxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi ortidan yuzaga kelgan. Oqibatda qozonxonaning yengil konstruksiya usulida qoplangan tom qismi qulab tushgan.
Shuningdek, chaqnashda yirik yong‘in sodir bo‘lmagani aytilmoqda.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat mas’ullari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib kelgan. Hozirda mutasaddi idora vakillari tomonidan qozonxonani tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva