Qashqadaryoda homilador kelin eri va qaynonasi tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
3-sahifa
−
15 mart
5512QALAMPIR.UZ’ga joriy yilning 10 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 24 yoshli ayol eri va qaynonasi tomonidan kaltaklanishi oqibatida 4 oylik homilasidan ayrilgani, janjalda uning 1,5 yoshli farzandi ham kaltaklangani bo‘yicha murojaat kelib tushdi.
“Bir necha yil avval ham janjal oqibatida kelin 6 oylik homilasidan ayrilgandi. Janjal bo‘lgan vaqtda oftoba ayolning qorniga borib tekkan”, deydi murojaatchi.
Voqeaga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga bog‘landi. Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi IIB munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qaynona-kelin janjali oqibatida chaqaloqning oyoq-qo‘li kuygan edi.
LiveBarchasi