Qarshida hokim yordamchisi 1000 dollar bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
23 mart 3531 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis 1000 dollar pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga 2019 yilda shahar hokimligi tomonidan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida hokim yordamchisi 1000 dollarni shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirilgan va u ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan ushlangandi.