“Qancha turadi?” Mask Britaniyaning narxiga qiziqdi
Olam
−
13:11 2422 1 daqiqa
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask hazil tariqasida Buyuk Britaniyani sotib olishi mumkin bo‘lgan summa bilan qiziqdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
U “The Babylon Bee” satirik nashrining “bugun Ilon Mask fuqarolarga bir paytlar ega bo‘lgan so‘z erkinligini qaytarib berish uchun Buyuk Britaniyaning butun hududini kutilmaganda sotib oldi” mazmunidagi soxta xabariga shunday munosabat bildirdi.
“Bu qancha turadi?” deb javob qaytardi Mask.
Milliarder xuddi shunday savolni 2017 yilda Twitter (hozirgi X) foydalanuvchilaridan birining platformani sotib olish haqidagi taklifiga javoban bergan edi. 2022 yilda Mask ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib oldi. 2023 yilda ijtimoiy tarmoq o‘z nomi va logotipini o‘zgartirdi. Tadbirkor bu qarorni “hamma narsa uchun” mo‘ljallangan ilova yaratish bilan izohlagan edi.
Ma’lumot uchun, Ilon Mask – dunyoning eng boy odami. “Forbes” hisob-kitoblariga ko‘ra, uning boyligi 826,2 milliard dollarni tashkil etadi. Yoz boshida u bir muddat trillioner bo‘ldi, ammo tez orada bu maqomni yo‘qotdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX kompaniyasi IPO oldidan investorlar uchun taqdim etgan hujjatlarida kompaniya rahbari Ilon Maskning yillik rasmiy maoshi 2019 yildan beri 54 ming dollar ekanini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi