“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
23 mart 2023 6297 1 daqiqa
“Qamchiq” dovonida kalava ip ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 23 mart kuni soat 16:55 da “Qamchiq” dovonidan o‘tgan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan kalava ip ortilgan IVEKO rusumli yuk mashinasida yong‘in chiqqan. Hodisaga kabina qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan.
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, “Qamchiq” dovonida neft mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi YTHga uchragan edi.