“Qamchiq” dovoni qayta ochildi
O‘zbekiston
−
10 Dekabr 2025 5548 1 daqiqa
“Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, FVV rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan zarur muhofaza tadbirlari natijasida soat 12:00 da “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun to‘liq qayta ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 dekabr kuni 02:30 dan boshlab “Qamchiq” dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgandi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr