Isroilda hantavirus bilan kasallanishning ilk holati aniqlandi

Olam

image

Isroilda hantavirus bilan bog‘liq ilk holat rasman qayd etildi. Bu haqda “ The Jerusalem Post” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bemor bir necha oy oldin Sharqiy Yevropada bo‘lgan vaqtda virusni yuqtirib olgan. U hantavirusga xos simptomlar paydo bo‘lganidan keyin shifokorlarga murojaat qilgan.

Hozircha bemorning shaxsi, qayerda yashashi va unga tashxis qo‘yilgan tibbiyot muassasasi nomi oshkor qilinmagan.

Bemorga antitana tekshiruvi o‘tkazilgan va u hantavirus bilan aloqa bo‘lganini ko‘rsatgan. Keyinchalik test orqali virus yuqqani tasdiqlangan.

Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, bemorning ahvoli barqaror. U reanimatsiyaga muhtoj emas, qat’iy izolyatsiyaga ham olinmagan va hozirda shifokorlar kuzatuvi ostida qolmoqda. Bu holat haqida Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligiga ham xabar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya bortida hantavirus tarqalishi kuzatilgan Niderlandiyaga tegishli MV Hondius kruiz kemasini qabul qilishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil hantavirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing