Isroil Suriyaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Olam

image

Isroil aviatsiyasi Suriyaning Latakiya viloyatidagi harbiy nishonlarga zarba berdi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil Jebel al-Shaara tumani hududini o‘qqa tutgan.

Suriyaning “Al Watan” gazetasi xabar berishicha, so‘nggi bir necha soat ichida Isroil Arab Respublikasining bir qancha provinsiyalaridagi nishonlarga 18 marta havo hujumini amalga oshirgan. Zarbalar Suriyaning markaziy Hama viloyatidagi Damashq chekkasi va janubdagi Dara viloyatidagi nishonlarga berilgan.

Isroil nishonlari orasida Suriya armiyasining 41-diviziyasining poytaxt atrofidagi pozitsiyalari va Daraa viloyatining Izra shahri yaqinida joylashgan artilleriya polki ham bor edi.

“Al Jazeera” telekanalining xabar berishicha, Darada Mavsabin qishlog‘i yaqinida joylashgan havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi ham bombalangan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Damashq chekkasida uyushtirilgan hujum oqibatida Xama viloyatida bir tinch fuqaro halok bo‘lgan, to‘rt kishi yaralangan.

“Al Manar” telekanalining ta’kidlashicha, hozirgi Isroil havo hujumi Suriya tarixidagi eng kuchli hujumdir.

Isroil armiyasi esa Suriyadagi harbiy nishonga, yer-havo raketalari infratuzilmasi va zenit qurollariga hujum qilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni Isroil armiyasi Damashqdagi Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaning qarorgohi yaqinida joylashgan nishonga zarba bergandi. Suriya ma’muriyatining muvaqqat rahbari Ahmad ash-Shara Prezident saroyi hududiga uyushtirilgan havo hujumlarini xavfli keskinlashuv deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Latakiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing