Ash-Shara nihoyat Isroilga qarshi bayonot berdi

Olam

image

Suriya ma’muriyatining muvaqqat rahbari Ahmad ash-Shara Isroil tomonidan bugun, 2 mayga o‘tar kechasi Damashqdagi Prezident saroyi hududiga uyushtirilgan havo hujumlarini xavfli keskinlashuv deb atadi. Bu haqda ash-Shara idorasi tomonidan chop etilgan bayonotda so‘z boradi.

“Suriya Arab Respublikasi prezidenti Isroil ishg‘ol kuchlari tomonidan prezident saroyining bombardimon qilinishini keskin qoraladi, bu esa xavfli eskalatsiyani anglatadi”, deyiladi bayonotda.

Ash-Shara Isroilni “mamlakatni beqarorlashtirishga urinish” va “xavfsizlik inqirozini yomonlashtirish”da aybladi.    Suriyaning o‘tish davri prezidenti “xalqaro hamjamiyat va arab mamlakatlarini xalqaro huquqni buzuvchi tajovuzkor hujumlarga qarshi turishda Suriyani qo‘llab-quvvatlashga” chaqirdi.

Bugun ertalab Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil aviatsiyasi Suriya poytaxtidagi prezident saroyi yaqinida zarbalar berganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Damashqqa Isroil Suriya xavfsizlik kuchlarini poytaxt janubiga joylashtirishga yo‘l qo‘ymasligiga ishora va druzlar jamoasiga tahdiddir.

30 aprel kuni qurolli guruhlar Damashq chekkasidagi druzlar yashovchi Sahnaya shahriga bostirib kirgan. Kun bo‘yi ular qo‘shimcha kuchlarni, shu jumladan zirhli transport vositalarini olib keldi va druzlarning qo‘shimcha kuchlarining yaqinlashish ehtimolini yo‘q qildi.

Isroil aviatsiyasi “mahalliy aholini himoya qilish” bahonasi bilan bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirdi. Suriya Tashqi ishlar vazirligi esa davlatning ichki ishlariga aralashuvni qoraladi.

Kecha, 1 may kuni Suriya poytaxtining janubi-g‘arbida joylashgan Jaramana chekkasidagi druzlar jamiyati oqsoqollari Suriya hukumati bilan og‘ir qurollarni zudlik bilan hokimiyatga topshirish va mahalliy aholi orasidan huquq-tartibot idoralarini shakllantirish to‘g‘risida kelishib oldi.

Bundan tashqari, o‘tish davri hukumati Mudofaa vazirligiga bo‘ysunuvchi mintaqaviy tuzilmalar ham tashkil etiladigan As-Suvaydada xavfsizlik nazorat punktlarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Ma’lumot uchun, druzlar o‘ziga xos arab tilida so‘zlashuvchi etno-konfessiyaviy guruh bo‘lib, ularning vakillari Suriya, Livan, Isroil va Iordaniyada yashaydi. Suriyada 700 ming druz istiqomat qiladi, bu ularni kurdlar va alaviylardan keyin mamlakatdagi uchinchi yirik diniy va etnik ozchilik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Damashq Ash-Shara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing