Ispaniyada blekaut oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
30 aprel 3858 1 daqiqa
Ispaniyada 28 aprel kuni sodir bo‘lgan yirik elektr ta’minoti uzilishi (blekaut) oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “El País” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, kecha, 29 aprel kuni ertalab Orense shahrida er-xotin va ularning o‘g‘lining jasadi topilgan. Gvardiya xodimlari hodisani o‘rganmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ular is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Sababi, elektr uzilishi vaqtida ishlatilgan generator nosoz bo‘lgan. Nashrga ko‘ra, blekaut paytida o‘n nafarga yaqin odam is gazidan zaharlanib, yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan qutqarilgan.
Valensiyada esa kislorod apparatiga ulangan 46 yoshli ayol elektr o‘chishi sababli vafot etgan. Shifokorlar yetib kelguncha, politsiya xodimlari yurak-miyani sun’iy nafas oldirish usuli bilan hayotini saqlab qolishga harakat qilgan, biroq u muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Yana bir ayol Karabanchel shahrida hayotdan ko‘z yumgan. Uning uyida elektr yo‘qligi sababli yoqilgan shamdan yong‘in chiqib ketgan, degan taxmin mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni Ispaniyaning katta qismi, shuningdek Portugaliya, Andorra va Fransiyaning ayrim hududlari elektrsiz qolgan edi. Elektr uzilishining aniq sabablari hali aniqlanmagan, biroq bunga noyob atmosfera hodisasi sabab bo‘lgani aytilmoqda. 29 aprel tongida Ispaniyada elektr ta’minoti 99,16 foiz xonadonlarda tiklangan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr