Ishtixon hokimligi xodimi jurnalistning kadrlarga to‘la “fleshka”sini yeb qo‘ygani aytilmoqda
Jamiyat
−
15 iyun 2021 11256 1 daqiqa
Avvalroq, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Ishtixonda yonib ketgan bozor haqida lavha tayyorlamoqchi bo‘lgan My5 telekanali “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi xodimlari Ishtixon tumani hokimligi Matbuot xizmati xodimining jiddiy qarshiligiga duch kelgani aytilmoqda.
Tuman hokimligi Matbuot xizmati xodimi Ilhom Boboyev “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi kamerasidagi xotira kartasini (fleshka)nm sug‘urib olib, og‘ziga solib yutib yuborgan.
Samarqand viloyati hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirib, vaziyat yuzasidan o‘rganish boshlanganini ma’lum qildi.
“Ishtixon tumanida hokimlik matbuot xizmati va jurnalist bilan bog‘liq holat viloyat hokimligi axborot xizmati hamda AOKA hududiy boshqarmasi tomonidan ikkala tomon ishtirokida to‘liq o‘rganib chiqilishi belgilandi”, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr