Samarqandda 1 tonnadan ortiq gazni yashirin “bunker”ga tushirayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
02 iyun 6610 1 daqiqa
Samarqand viloyatida olib borilgan tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlarida 1 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi. Bu haqda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan viloyatning Ishtixon tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilganda, suyultirilgan gaz xizmatining ta’minotchi-chilangari T.A. hamda maxsus avtotransport vositasi haydovchisi M.D. Ishtixon tumani “Baxrin” MFY iste’molchilariga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 53 dona maishiy gaz ballonlarini Oqdaryo tumani “Pastki Boybo‘ta” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro E.J.ning xonadonida noqonuniy tashkil etilgan “bunker”ga tushirayotgani aniqlangan.
Tadbir natijasida bir tonnadan ortiq suyultirilgan gaz mahsuloti talon-tarojining oldi olingan va ushbu yoqilg‘i aholi iste’molchilariga yetkazib berilgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi 4 milliard 193 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangandi.
Live
Barchasi