Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Moldovada ushlandi

3-sahifa

image

Firibgarlikda ayblanib, Moldovada qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Interpolning O‘zbekiston va Moldova Milliy markaziy byurolari hamkorligidagi tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Kishinyov shahridan ekstraditsiya qilingan.

Mazkur shaxsga nisbatan xalqaro qidiruv O‘zbekiston Interpol MMB tomonidan Interpol kanallari orqali e’lon qilingan. Uning joylashuvini aniqlash va qo‘lga olishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Interpol MMB Moldova Interpol MMB bilan doimiy axborot almashinuvini hamda hamkorlikdagi harakatlarni yo‘lga qo‘ygan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi shaxsning turgan joyi aniqlanib, Moldova hududida qo‘lga olingan.

Zarur ekstraditsiya jarayonlari yakunlangach, qidiruvdagi shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonning vakolatli idoralariga topshirildi.

O‘tkazilgan tadbirlar Interpol doirasidagi xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvga berilgan 3 nafar o‘zbekistonlik Birlashgan Arab Amirliklari hududida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Moldova Firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing