Interpol qidirgan o‘zbekistonlik Gruziyada ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan fuqaro Gruziyada qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qidiruvdagi shaxs O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi (MMB) Interpol kanallari orqali o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etgani uchun qidiruvga berilgan edi. Uning joylashgan manzilini aniqlash va qo‘lga olishni tashkil etish maqsadida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xorijiy davlatlarning Milliy markaziy byurolari bilan doimiy axborot almashinuvi va harakatlarni muvofiqlashtirishni ta’minlagan.

Interpolning Tbilisi shahridagi MMB bilan o‘tkazilgan muvofiqlashtirilgan tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxs Gruziya hududida aniqlanib, qo‘lga olingan.

Xalqaro qidiruvni e’lon qilishdan tortib, ekstraditsiyani amalda ijro etishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi ushbu jarayonni tashkiliy-huquqiy va axborot jihatdan amalga oshirgan.

Gruziya Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgach, ekstraditsiya qilingan shaxs Interpolning O‘zbekistondagi MMB xodimlari bevosita ishtirokida keyingi protsessual harakatlarni o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortish uchun Toshkent shahriga olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yirik miqdorda kredit mablag‘larini olib, ularni qaytarmasdan Turkiyada yashirinib yurgan o‘zbekistonlik qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya firibgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing