Internet tuzog‘i: kattalar ham asirga aylanyaptimi?
Bu qiziq
−
21 fevral 1348 3 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlar bolalarga emas, kattalarga ham ta’sir qilmoqda. “Bir daqiqaga” deb ochilgan Instagram yoki TikTok ba’zan soatlarga cho‘ziladi. Layklar, qisqa videolar, bahslar va “sensatsion” xabarlar miyani doimiy rag‘batlantirib, chiqib ketishni qiyinlashtiradi. Mutaxassislar bu holatni turlicha ataydi, ammo bir narsa aniq: ortiqcha foydalanish hayot sifatini pasaytirdai. Bu haqda APP yozdi.
Qachon bu odat muammoga aylanadi?
Stenford universiteti shifokori, narkolog-psixiatr Anna Lembkening ta’rifiga ko‘ra, qaramlik – bu inson o‘ziga yoki atrofdagilarga zarar keltirayotganini bilib turib, majburiy ravishda davom ettiriladigan xulq. Ijtimoiy tarmoqlarning “24/7, cheklovsiz va qarshiliksiz” mavjudligi esa ularni jozibali qiladi.
.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik rasman kasallik sifatida tan olinmagan. Ammo mutaxassislar quyidagi belgilarni jiddiy signal deb hisoblaydi:
- tarmoqni ochishga kuchli, boshqarib bo‘lmaydigan istak;
- vaqtini qisqartirishga urinib, uddalay olmaslik;
- ish, o‘qish, uy yumushlari yoki yaqinlar bilan aloqani kamaytirish;
- tarmoqdan chiqqanidan keyin tushkunlik, xavotir, g‘azab yoki charchoq his qilish.
Agar ekran oldida o‘tgan vaqt hayotning boshqa qismlarini siqib chiqarayotgan bo‘lsa, bu shunchaki “ermak” emas. Ijtimoiy tarmoqlar biznes modeliga qurilgan: qancha ko‘p vaqt o‘tkazilsa, shuncha ko‘p reklama. Cheksiz skroll, qisqa videolar va g‘azab uyg‘otuvchi kontent miyada dofamin chiqarilishini rag‘batlantiradi. Natijada inson yana va yana qaytishni xohlaydi. Mutaxassislar buni “qattiq raqamli muhit” deb ataydi: algoritmlar yoqadigan, bahsga tortadigan yoki xavotirga soladigan kontentni uzluksiz taklif qiladi.
Qanday qilib nazoratni qaytarish mumkin?
Ekspertlar avvalo tushunchani o‘zgartirishni tavsiya qiladi: ijtimoiy tarmoq – axborot manbai emas, biznes. Ko‘rayotgan har bir narsani avtomatik ravishda haqiqat deb qabul qilmaslik muhim. Quyidagi amaliy qadamlar yordam berishi mumkin:
- Ilovalar joylashuvini o‘zgartirish;
- Bildirishnomalarni o‘chirish;
- Telefonni yotoqxonaga olib kirmaslik.
- Ekran vaqtini cheklash
iPhone va Android qurilmalarida Screen Time yoki Digital Wellbeing orqali kunlik limit qo‘yish mumkin. Bu qat’iy taqiq emas, ammo ogohlantirish vazifasini bajaradi.
.jpg)
Qattiqroq choralar:
- Telefonni “grayscale” rejimiga o‘tkazish (ranglarni kamaytirish jozibani pasaytiradi);
- Oddiy knopkali telefonga o‘tish;
- Ilovalarni vaqtincha o‘chirish.
- “Telefonsiz” makon
Do‘stlar bilan kelishib, uchrashuvlar yoki ovqat paytida telefonni chetga qo‘yish – jamoaviy yondashuv samaraliroq bo‘lishi mumkin.
Agar ijtimoiy tarmoqlardan qochish qiyin bo‘lsa, bu stress, yolg‘izlik, xavotir yoki past o‘zini baholash kabi muammolarning belgisi bo‘lishi mumkin. Bunday holda psixologik yordam samara berishi ehtimoldan xoli emas. Mutaxassislar ta’kidlashicha, masala “qaramlik” degan atamada emas. Muhimi –odam o‘zini qanday his qilishi? Agar “skroll”dan keyin odam o‘zini charchagan, tushkun yoki asabiy his qilsa, demak bu foyda emas, zarar keltirmoqda.
Raqamli dunyodan to‘liq voz kechish shart emas. Ammo nazorat kimda – foydalanuvchidami yoki algoritmda – shu savolga javob berish vaqti keldi.
Live
Barchasi