Instabloger Asadbek Arziqulovning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Instabloger Asadbek Arziqulov (“Asad Algo”)ning vafoti bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi ( (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘luvchi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bilan ayblanuvchi 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, kecha, 19 iyul kuni Asadbek Arziqulov bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, bosh subdural gematomasi, bo‘yin sohasi qontalashi, ikkala tizzasi va ikkala tirsagida ko‘kargan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilgan. Bu haqda shifokorlar zudlik bilan IIBga xabar bergan.

Aniqlanishicha, shu yilning 16 iyul kuni soat 18:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi istirohat bog‘laridan birida Asadbek Arziqulov va uning tanishi 1997 yilda tug‘ilgan A.I. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Bloger janjal oqibatida og‘ir tan jarohati olgan. So‘ng ular o‘zaro kelishib olgani sababli voqea joyini tark etgan. U bu voqea yuzasidan huquq-tartibot idoralari va tibbiyot muassasalariga murojaat qilmagan.

19 iyul kuni ahvoli yomonlashgani bois u shifoxonaga yotqizilgan va bosh qismida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay bloger vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura tomonidan 20 yoshli bloger vafot etgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda. Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ma’lumot uchun, marhum Asadbek Arziqulov Instagram’da axloqsiz videolari bilan tanilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

instabloger Asadbek Arziqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing