Infantino Livan fuqaroligini oldi
Sport
−
26 noyabr 1907 1 daqiqa
Livan Prezidenti Jozef Aun Baabdadagi prezident saroyida FIFA prezidenti Janni Infantinoni qabul qilib, unga Livan fuqaroligini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Thye National” nashri xabar berdi.
Livan futbol assotsiatsiyasi bu harakatni mamlakatdagi futbolni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdagi rolini ta’kidlovchi “ramziy” qaror sifatida baholadi. Janni Infantino keyinchalik Livanning LBCI teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida bu qarorni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildirdi.
“Menda hali pasport yo‘q, lekin tez orada bo‘ladi. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, faxrlanyapman va baxtiyorman. Men ko‘p yillardan beri Livan bilan aloqadaman, shuning uchun bu rasmiylashtirilgani yaxshi bo‘ldi”, deydi FIFA rahbari.
Infantino, shuningdek, Livanga kerak bo‘lgan yagona narsa butun mamlakat faxrlanadigan zamonaviy futbol stadioni ekanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Infantino 2016 yildan beri FIFA prezidenti sifatida ishlab keladi. FIFA rahbari Shveysariya va Italiya fuqaroligiga ham ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikki iqtidorli tennischi Layma Vladson va Aleksandra Barmicheva O‘zbekiston fuqaroligini olgan edi.
Live
Barchasi