Indoneziyaning sobiq rahbariga qahramon unvoni berilishi aholi g‘azabini qo‘zg‘atdi

Olam

image

Indoneziyaning sobiq rahbari Prabovo Suxarto mahalliy aholining noroziligiga qaramay, o‘limidan so‘ng milliy qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.  

Marosim Jakartada Suxartoning sobiq kuyovi Prezident Prabovo Subianto boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Marhum rahbar nomidan mukofotni uning oilasi oldi.

Prabovo Suxarto mamlakatni 1965 yildan 1998 yilgacha boshqargan. Uning hukmronligi davrida iqtisodiyot gullab-yashnagan, biroq minglab odamlar halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Uni “taraqqiyot otasi” deb atashadi, lekin ayni paytda korrupsiya va shafqatsizlikda ayblanadi.

Uni qahramon qilish qarori aholi g‘azabiga sabab bo‘ldi. Huquq himoyachilari buni “tarixni oqlash” urinishi deb atagan. Jakartada norozilik namoyishlari boshlandi va minglab odamlar mukofotga qarshi petitsiyaga imzo chekdi.

Ba’zilar uchun Suxarto o‘sish va barqarorlik ramzi, boshqalar uchun u qo‘rquv merosini qoldirgan diktator. Uning Indoneziya tarixidagi roli haqidagi bahslar bugungi kungacha davom etmoqda.

Indoneziyada avvalroq hukumat va korrupsiyaga qarshi norozilik namoyishlari kuzatilgan. 25 avgust kuni minglab odamlar Jakartada parlament oldiga yig‘ilib, parlament a’zolariga uy-joy uchun nafaqa berilishiga norozilik bildirdi, bu eng kam ish haqi 50 million rupiya (3000 dollar)dan deyarli 10 baravar ko‘p.

Namoyishchilar hukumat va politsiya binolariga o‘t qo‘ydi, infratuzilmani vayron qildi va politsiyaga qarshi shiorlar qoldirdi. Namoyishlardan so‘ng Prezident Prabovo Subianto parlament nafaqalari va amaldorlar uchun chet el safarlarini bekor qildi, bu esa jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida alohida orolda maxsus qamoqxona qurish rejasini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Prabovo Subianto Prabovo Suxarto milliy qahramon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing