Indoneziyada neft tankeri yonib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Indoneziyaning Batam orolida ta’mirdagi tanker yonib ketdi va hodisa oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalab 04:00 larda, Batam orolidagi Riau provinsiyasida joylashgan kema ta’mirlash verfida turgan neft tankerida chiqqan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Federal II tankerida ishlagan ishchilar bo‘lgan. Yana 21 nafar ishchi tan jarohati olgan.

Politsiyaning xabar berishicha, aynan mazkur kemada joriy yilning iyun oyida ham shunga o‘xshash hodisa yuz bergan va o‘shanda to‘rt nafar ishchi halok bo‘lgan. Hozirda voqea sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qora dengizning Bolgariya qirg‘oqlari yaqinida bortida Ukrainaning 10 nafar dengizchisi bo‘lgan yuk kemasi cho‘kib ketgandi. Kamerun davlati bayrog‘i ostida suzib borayotgan “EILEEN” yuk kemasi cho‘kishni boshlagandan so‘ng ekipaj a’zolari qutqarib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya neft' tankeri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing