IMAN Holding va Mahmud Usmon örtasida mojaro: mustaqil audit va şar’iy tekşiruv boşlandi

Biznes

−

image

Keça, 30 oktyabr kuni Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakili Mahmud Usmon IMAN Holding kompaniyasi faoliyatidagi moliyaviy tafovutlar, investorlar mablağlarining sarflanişi va bir qator şubhali kelişuvlar yuzasidan bayonot bergan edi. U kompaniya portfelida 20 million dollar kamomad borligini iddao qilib, bunga oid boşqa bir qator holatlarni ham oçiqlagandi. Bunga javoban IMAN Holding avvalgi munosabatini bildirgan bölsa-da, kompaniya bu mavzuga yana qaytib, navbatdagi bayonotini e’lon qildi.

IMAN Holding mustaqil tekşiruv boşlanganini ma’lum qildi

Kompaniya matbuot xizmati rahbari Mirza Qodirovning aytişiça, Mahmud Usmon tomonidan keltirilgan ma’lumotlar ikki tomon örtasidagi bahsning bir iştirokçisi fikri bölib, ularni auditorlar xulosasi yoki sud qarori bilan tasdiqlangan fakt sifatida qabul qilib bölmaydi. Kompaniya öz bayonotiga ham bir tomonning pozitsiyasi sifatida qaraş lozimligini ta’kidlagan.

Şu munosabat bilan IMAN Holding moliyaviy körsatkiçlar yuzasidan ommaviy bahslarni davom ettiriş örniga, barça da’volarni mustaqil mutaxassislar örganişi kerakligini bildirgan. Kompaniyaning ma’lum qilişiça, masala huquqiy, moliyaviy va şar’iy yönalişlarda tekşiriladi.

Xususan, şar’iy masalalarni örganiş uçun Usmoni’s auditorlik kompaniyasi jalb qilingan. Hozirda dastlabki audit jarayonlari boşlangan, yaqin vaqt içida kompaniya vakillari Özbekistonga taşrif buyuradi.

Bundan taşqari, IMAN Holding Özbekiston musulmonlari idorasiga masalaning şar’iy jihatlarini örganiş uçun ulamolar ajratiş yuzasidan rasmiy murojaat tayyorlagan. Kompaniya mamlakatda hurmat qozongan boşqa diniy ulamolar iştirokida alohida şar’iy kengaş tuziş böyiça ham iş olib borayotganini ma’lum qilgan. Kengaş a’zolarining nomlari ularning roziligi olinganidan keyin e’lon qilinadi.

Kompaniya bayonotida Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakillariga ikki yarim yillik hamkorlik uçun minnatdorçilik ham bildirilgan. Qodirovning ta’kidlaşiça, IMAN Holding şu davr mobaynida kengaşning barça xulosa va talablariga, hatto ular biznes manfaatlariga zid bölgan holatlarda ham amal qilib kelgan. Uning aytişiça, Mahmud Usmonning özi ham buni avvalgi ommaviy tadbirlarda e’tirof etgan.

IMAN Holding investorlarni mustaqil mutaxassislar xulosasi e’lon qilinguniga qadar şoşilinç qarorlar qabul qilmaslikka çaqirgan. Kompaniya faoliyatida kamçiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etişga tayyorligini ham bildirgan.

“Agar muammolar aniqlansa, ularni bartaraf etişga tayyormiz. Bizning tamoyillarimiz va maqsadimiz özgarmagan”, deyiladi bayonotda.

Şuningdek, kompaniya Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakillari mavjud holatni töğrilaş böyiça takliflar bilan çiqsa, ularni körib çiqişga oçiq ekanini ma’lum qilgan.

Özi nima bölgan edi?

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Islom moliyasiga muvofiqlaştiriş kengaşi (IFCB) “Iman Invest” bilan hamkorlikni zudlik bilan va töliq töxtatganini e’lon qildi. Bu haqda kengaş a’zolari – islom moliyasi böyiça xalqaro auditor Mahmud Usmon va xalqaro huquqşunos Husayn Rajabov bayonot berdi. Mahmud Usmonning bayonotiga köra, kompaniya faoliyati böyiça yakuniy xulosa berilmagan, şar’iy audit jarayoni esa davom etgan. 2026 yil iyul oyida kengaşga kompaniyadagi şubhali tranzaksiyalarni aks ettiruvçi hujjatlar kelib tuşgan.

Şundan söng xalqaro moliyaçilar, huquqşunoslar va şar’iy auditorlardan iborat taftiş komissiyasi tuzilib, uç yarim oy davomida tekşiruv olib borilgan. Moliyaviy tekşiruvlar 15 oktyabr kuni yakunlangan.

Bunga javoban “Iman Invest” kompaniyasi asosçisi Rustam Rahmatov Mahmud Usmon tomonidan kompaniya faoliyatiga nisbatan bildirilgan davolarni rad etdi. Uning aytişiça, tomonlar örtasidagi kelişmovçilik xizmat haqlarini kamaytiriş masalasi va kompaniya aksiyalaridan uluş söralişi ortidan yuzaga kelgan.

Keyinroq, Mahmud Usmon özining rasmiy sahifasida bayonot berib, kompaniyaning 70 million dollarlik portfelida 20 million dollarlik kamomad borligini aytdi. IMAN Holding uşbu talqinga qöşilmasligini bildirib, keltirilgan summa uçta alohida moliyaviy körsatkiçni birlaştirişi va ularni bevosita zarar sifatida baholaş notöğri ekanini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing