Ilhom Aliyev Belgiya vazirining “qorasini ko‘rish”ni xohlamaydi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Belgiya Tashqi ishlar vazirini armanparast pozitsiyasi va Armanistonga tashrifi paytidagi asossiz bayonotlari tufayli qabul qilmaydi. Bu haqda bugun, 24 avgust kuni “Axar” xabar berdi.

Prezident Ilhom Aliyev odatda mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar Tashqi ishlar vazirlarini qabul qiladi, davlatlarning ikki tomonlama munosabatlari, mintaqa va jahondagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Biroq bu an’anaga Belgiya Tashqi ishlar vaziri Xaja Labib bilan istisno kiritiladi. Chunki u 22 avgust kuni mintaqaga tashrifini boshlaganda, dastlab Armanistonga borib, u yerdagi “Arman genotsidi” deb atalgan yodgorlikni ziyorat qilgan hamda Armaniston Tashqi ishlar vaziri va Bosh vaziri bilan bo‘lgan uchrashuvlarda armanparastlik pozitsiyasini namoyon etib, Ozarbayjonga qarshi asossiz da’volar bildirgan.

Belgiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari mintaqaga tashrifi doirasida bugun, 24 avgust kuni Ozarbayjonga boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Armaniston Bel'giya Xaja Labib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing