IIBB talabalarga ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
16 avgust 8859 1 daqiqa
Talabalar va ularning ota-onalaridan poytaxtda yashash uchun uy ijaraga olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik so‘raldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan poytaxtga kelayotgan talabalarni aldash holatlari ko‘paymoqda. Bunday holatlar ko‘pincha internetda firibgarlar tomonidan sodir etiladi. Ular arzon ijara uy e’lonlarini joylashtirib, o‘zlarini uy egasi sifatida ko‘rsatmoqda. Oqibatda talabalar va ularning yaqinlari firibgarlar taklif qilayotgan uyni saqlab qo‘yish yoki 2 oylik ijara to‘lovini oldindan to‘lash shartiga rozi bo‘ladi. Ammo to‘lov amal oshirilgach, ular aloqani uzib, ijtimoiy tarmoqlarda talabalar hamda ularning yaqinlarini bloklaydi.
IIBB yuqoridagi holatlarning oldini olish uchun qator tavsiyalar berdi. Jumladan:
- uyni shaxsan borib ko‘rmay turib oldindan to‘lov qilmaslik;
- ijara shartnomasini faqat uyni ko‘rgan va haqiqiy egasi bilan uchrashgandan so‘ng tuzish;
- shaxsiy ma’lumotlarni ishonch hosil qilmaguncha begona shaxslarga yubormaslik.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab oliy ta’lim muassasalaridagi talabalar turarjoyi uchun arizalar qabul qilina boshlandi.
Live
Barchasi