Amerikaliklar firibgarlar sabab bir yilda $68 mlrd yo‘qotdi
Olam
−
30 iyun 1568 2 daqiqa
AQSH aholisi 2025 yil davomida firibgarlarning harakatlari oqibatida jami 68 milliard AQSH dollari yo‘qotdi. Bu haqda “Gallup” tadqiqot kompaniyasi va Stop Scams Alliance tashkiloti hamkorligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga tayanib, NBC telekanali xabar qildi.
Tadqiqotga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich mamlakat tarixida firibgarlik tufayli qayd etilgan eng yirik moliyaviy zarar hisoblanadi. Hisob-kitoblarda ham yakka tartibdagi firibgarlik holatlari, ham ko‘plab fuqarolarni qamrab olgan yirik jinoiy sxemalar inobatga olingan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jabrlanganlarning 12 foizi sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilgan firibgarlik sxemalari qurboniga aylangan. Bunday usullar qatoriga ovoz va videolarning dipfeyk texnologiyasi orqali soxtalashtirilishi, qarindoshlar yoki bank xodimlari nomidan telefon qo‘ng‘iroqlarini taqlid qilish kabi usullar kiradi.
Umuman olganda, 15 million amerikalik firibgarlar qurboni bo‘lgan. Bu AQSH aholisining taxminan 6 foizini tashkil etadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, sun’iy intellekt vositalari jinoyatchilarga odamlar ishonchini osonroq qozonish va an’anaviy xavfsizlik tizimlarini chetlab o‘tish imkonini bermoqda.
Hisobotda eng katta moliyaviy yo‘qotishlar keksa yoshdagi amerikaliklar hamda raqamli savodxonligi past bo‘lgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgani qayd etilgan. Firibgarlar ijtimoiy muhandislik usullaridan foydalanib, dolzarb yangiliklar va kun tartibidagi voqealarga moslashtirilgan aldov sxemalarini qo‘llagan.
Tadqiqotni o‘tkazgan tashkilotlar AQSH hokimiyatini sun’iy intellekt texnologiyalari tarqalishi ustidan nazoratni kuchaytirish va shubhali moliyaviy operatsiyalarni tezkor bloklash mexanizmlarini ishlab chiqishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH federal sudi Xitoydan qochib ketgan milliarder Go Venguyni yirik moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topib, 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Live
Barchasi