Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
06 may 19061 1 daqiqa
Ichki ishlar organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda polkovnik Zufar Qurbonov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Ichki ishlar vazirligida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamentini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va ularda belgilangan ustuvor vazifalar o‘qib eshittirilgan.
Davlat rahbarining qaroriga asosan Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi, ushbu lavozimga polkovnik Zufar Qurbonov tayinlandi.
U tayinlovga qadar 2023 yilning sentyabr oyida buyon Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. Qurbonov “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida ham xizmat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov mamlakat voleybol federatsiyasi rahbari etib saylangandi.
Live
Barchasi