Huawei Digital Leadership Forum'da raqamli transformatsiya va BPO xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashdi
Biznes
−
08 iyul 2023
6217Kecha, 7 iyul kuni O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan mamlakatning raqamli transformatsiya sohasidagi yutuqlari, raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Digital Leadership Forum o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning turli burchaklaridan 300 dan ortiq IT-kompaniyalar, xorijiy tashkilotlar hamda tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Mamlakatda IT va raqamli xizmatlarning xorijga potensial eksportini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratildi. 24 yil mobaynida O‘zbekiston raqamli hamjamiyatining faol ishtirokchisi bo‘lgan Huawei kompaniyasi, forumning panel sessiyalarida ishtirok etdi.
Markazning asosiy vazifalari – raqamli marketingni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, marketing tadbirlari, tarmoqni rejalashtirish hamda loyihalash, maslahat va tadqiqotlar, shartnomalar ishlab chiqish, AKT yechimlarini ishlab chiqish, tenderlarda ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mintaqaviy resurs markazi O‘zbekistondagi vakolatxonasi negizida AKT infratuzilmasini mustahkamlash, raqamli transformatsiyani amalga oshirish uchun xorijiy mutaxassislar va mahalliy iste’dodlarni jalb etgan holda O‘zbekiston vakolatxonasi negizida Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalarida AKTni rivojlantirishga har tomonlama masofaviy yordam ko‘rsatadi.
“Raqamli O‘zbekiston 2030” bir qismi sifatida raqamli hukumat tizimlarini joriy etish mavzusidagi panel sessiyasida Huawei Global Carrier bo‘limi prezidenti maslahatchisi janob Pol Skanlan ishtirok etdi. Ma’ruzachi o‘z so‘zi davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda raqamli transformatsiyani amalga oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni qayd etdi va kompaniyaning mamlakatimizda AKT sohasini yanada texnologik rivojlantirish bo‘yicha qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘zbekiston raqamli rivojlanish sohasida sezilarli yutuqlarga erishdi va raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi tamoyillari va siyosati iste’dodlarni rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash shuningdek, AKT infratuzilmasini mustahkamlash uchun imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekistonda 24 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan Huawei kompaniyasi mamlakatdagi keyingi rivojlanishini 5G, bulutli hisoblash va sun’iy intellekt kabi yangi avlod raqamli texnologiyalarni innovatsion integratsiya orqali o‘zini namoyish etmoqda. Biz davlat sektori, aloqa operatorlari, korxonalar, mahalliy va global hamkorlar bilan turli sohalarning aqlli raqamli transformatsiyasini jadallashtirish, foydalanuvchi tajribasini yaxshilash hamda jamiyat uchun katta qiymat yaratish maqsadida yaqin hamkorlikni mustahkamlash tarafdorimiz”, dedi Pol Skanlan.
O‘tgan yili O‘zbekistonda mobil va statsionar infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, yagona ma’lumotlar markazini ishga tushirish loyihasini amalga oshirish orqali, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda bulutli hisoblash va Big Data texnologiyalarini joriy etish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Raqamli xizmatlarni yanada rivojlantirish va keng joriy etish borasidagi yutuqlar va tendensiyalarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi Roland Berger xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda Huawei ko‘magida “Oq kitob” (“White Paper”)ni taqdim etdi.
O‘zbekistonda elektron hukumat va AKT infratuzilmasi
Hujjatda elektron hukumatni yanada rivojlantirish, eng yangi texnologiyalarni joriy etish orqali infratuzilmani mustahkamlash, inson kapitali va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli davlat xizmatlarini takomillashtirish siyosati nuqtai nazaridan O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan ilg‘or jahon tajribasi belgilab berilgan.
1987 yilda tashkil etilgan Huawei kompaniyasi axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi yechimlari va aqlli qurilmalarning yetakchi global provayderi hisoblanadi. Huawei kompaniyasi 170 dan ziyod davlat va mintaqalarda 207 000 nafar xodim va ofislarga egadir. Kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 1999 yilda ochilgan. Ayni paytda unda 400 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda, shundan 70% mahalliy ishchilarni tashkil etadi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi