Guterrish Isroilni E1 rejasidan voz kechishga chaqirdi

Olam

image
Yevropa Isroilni Falastin yerida turarjoy qurishni to‘xtatishga chaqirdi north_east

Yevropa Isroilni Falastin yerida turarjoy qurishni to‘xtatishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil hukumatini E1 loyihasidan voz kechishga shoshilinch chaqiruvini takrorladi va u bosib olingan G‘arbiy Sohilning shimoli va janubi o‘rtasidagi aloqani doimiy ravishda uzib qo‘yishini aytdi. Isroil Sharqiy Quddusdagi Falastin yerlarida noqonuniy aholi punktlarini kengaytirishni ko‘zda tutuvchi bahsli rejani yakuniy ma’qullaganidan so‘ng Guterrish X ijtimoiy tarmog‘ida o‘z bayonotini e’lon qildi.

“G‘arbiy sohilni amalda bo‘lishga qaratilgan aholi punktlari sonini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorni zudlik bilan bekor qilish kerak. Ishg‘ol qilingan hududlarda har qanday qurilish xalqaro huquqqa ziddir”, deya ta’kidladi u.

Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat G‘azodagi ko‘p sonli qurbonlar va vayronagarchiliklarga befarq qola olmaydi. U zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvini takrorlab, muloqot va xalqaro gumanitar huquqni hurmat qilish muhimligini ta’kidladi.

Avvalroq, 15 avgust kuni BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Antoniu Guterrish Isroildan E1 loyihasini to‘xtatishni rasman so‘ragani haqida xabar bergan edi.

“Bizning pozitsiyamiz o‘zgarishsiz qolmoqda: G‘arbiy Sohildagi, jumladan, Sharqiy Quddusdagi  barcha Isroil turarjoylari, xalqaro huquqning buzilishidir”, dedi Guterrish.

E1 loyihasi Maale-Adumim aholi punkti va Sharqiy Quddus o‘rtasidagi hududda falastinliklardan tortib olingan 1200 gektar yer uchastkasida 4000 dan ortiq turarjoy binolari va mehmonxonalar qurishni ko‘zda tutadi. Loyihaning asosiy maqsadi Sharqiy Quddusni Falastin hududining qolgan qismidan uzib qo‘yadigan uzluksiz yahudiy aholi punktini yaratishdan iborat bo‘lib, xalqaro ekspertlarning fikricha, bu hayotga yaroqli va hududiy jihatdan izchil Falastin davlatini yaratish imkoniyatiga tahdid soladi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish Isroil E1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing