Gulistonda sodir bo‘lgan portlash ortidan jinoyat ishi ochildi (video)
3-sahifa
−
03 dekabr 7392 1 daqiqa
Joriy yilning 2 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi choyxonada yong‘in chiqqani xabar qilingandi. Mazkur holat ortidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Guliston shahri “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan MCHJda sodir bo‘lgan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
“Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi