G‘azoda bir sutkada vayronalar ostidan 24 kishining jasadi topildi

Olam

image

G‘azo sektorida qutqaruvchilar bir kunda vayronalar ostidan 24 nafar halok bo‘lganlarning jasadini olib chiqib, tibbiyot muassasalariga yetkazdi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida G‘azo shifoxonalariga jami 27 nafar halok bo‘lgan fuqaro olib kelingan. Ulardan 24 nafari vayronalar ostidan topilgan, shuningdek, 8 nafar jarohatlangan kishi ham yetkazilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘azo sektorida 47 487 kishi halok bo‘lgan, yana 111 588 kishi jarohat olgan.

Joriy yil 15 yanvar kuni Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy Doxa, Qohira va Vashington vositachiligida Isroil va HAMAS G‘azo sektorida garovdagilarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Uch bosqichdan iborat ushbu kelishuv 19 yanvardan kuchga kirdi.

O‘sha kuni kechqurun HAMAS birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Ular uch nafar shaxsdan iborat bo‘lgan. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida 183 nafar falastinlik mahbusni ozod qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jasad G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing