Gavi va’dasinining ustidan chiqdi
Sport
−
19:29 490 1 daqiqa
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi 2026 yilgi Jahon chempionati davomida bergan va’dasining ustidan chiqdi. Futbolchi sochlarini pushti rangga bo‘yadi. Bu haqda Gavi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
22 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda sochini pushti rangga bo‘yatgan holda tushgan suratini e’lon qildi va muxlislarga yangi qiyofasini namoyish etdi.
Gavi joriy yilgi Jahon chempionati davomida: “Agar Ispaniya Jahon chempionatida g‘olib bo‘lsa, sochimni pushti rangga bo‘yayman”, deya va’da bergan edi.
Ispaniya Jahon chempionatida g‘alaba qozongandan keyin “Real Madrid” jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya ham o‘z va’dasini bajarib, qo‘liga terma jamoa bosh murabbiyi Luiis de la Fuentening yuzi tasvirlangan tatuirovka chizdirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi finalda Argentinani Ferran Torresning yagona goli evaziga 1:0 hisobida mag‘lub etib, 2026 yilgi Jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi