Gar niqobing bo‘lmasa... Boshqa mamlakatlarda niqobga oid talablar O‘zbekistondagidek jiddiymi?
Bu qiziq
−
08 aprel 2020
9864Xabaringiz bor, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining keng miqyosda tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 25 mart kuni soat 06:00 dan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida, jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llanilishi belgilandi. O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida karantin qoidalariga so‘zsiz rioya qilish masalasi kun tartibida turibdi. Hukumat choralarni kun sayin jiddiylashtirib bormoqda.
Xo‘sh, ayni vaqtda boshqa mamlakatda niqob taqishga qanchalik jiddiy e’tibor qaratilmoqda? Yevropa mamlakatlaridan tortib, okean ortida niqob qanchalik muhim?
Kanadada Hukumat niqoblarni infeksiya tarqalishiga qarshi kurash uchun “majburiy shartlardan” biri sifatida tavsiya qilmoqda.
Bugun koronavirusga chalinganlar bo‘yicha eng yuqori pog‘onadan o‘rin olgan AQSHda esa hamma yuzini berkitishi kerak. Masalan, uydan chiqayotganda matodan tikilgan niqob bilan.
Tailand Hukumat ko‘chada niqob taqib yurishni tavsiya qilmoqda, xolos.
Koronavirusga doyalik qilgan Xitoyning aksariyat shaharlarida niqob taqish shart. Hatto, bir necha bor davlat rahbariyati ham xalq ko‘z o‘ngida niqobda namoyon bo‘ldi.
Karantin qoidalariga rioya qilinishini kuch ishlatish orqali ta’minlayotgan Hindistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi “hamma niqob taqishi shart emasligini” ma’lum qilgan.
Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi qo‘llanmasida esa shunday yozilgan: shamollash alomatlari bo‘lgan taqdirda niqob taqib, shifokorga murojaat qilish kerak.
Avstraliya rasmiylariga ko‘ra, niqob kasal kishilarga boshqalar va tibbiyot xodimlari oldida yo‘talmasliklari uchun kerak.
Avstriyada esa niqob faqat “supermarketlarga borganda majburiy”.
Koronavirusga chalinganlar 7 693 nafarni tashkil etayotgan Shvetsiyada har bir kishi niqob taqish yoki taqmaslikni o‘zi hal qiladi.
Koronavirus tarqalishi byuo‘yicha dunyoda to‘rtinchi pog‘onada borayotgan Fransiyada barcha niqob zaxiralari shifokorlar va koronavirus bilan kasallanganlar uchun deb belgilangan.
Irlandiya Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, “basharti kasal bo‘lmasangiz, tibbiy niqoblar foydasi dargumon”.
Avval boshdanoq koronavirusga jiddiy e’tibor qilmagan Buyuk Britaniyada niqobga ham panja ortidan qaramoqda. Qirollikning fikricha, chora majburiy, ammo hukumatning uning samarali ekaniga asosli dalillari yo‘q. Ayni vaqtda mamlakatda 55 957 kishi koronavirusga chalingan.
Chexiya, Slovakiya, Bosniya va Gersegovina – Niqob ko‘chada majburiy.
Germaniya endigina ko‘chada niqobdan foydalanishni majburiy chora sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Italiyada niqob – “ijtimoiy majburiyat” sifatida qabul qilingan.
Turkiya – aholi niqobni odam gavjum joyda, jumladan, do‘kon va ish joyida taqib yurishi shart. Shu bilan birga niqoblar ularga bepul tarqatiladi. Uni sotish taqiqlangan.
LiveBarchasi