Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga qur’a tashlandi (foto)
Sport
−
07 fevral 2023 10932 1 daqiqa
Bugun, 7 fevral kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yangi mavsumiga qur’a tashlandi. Superligada ishtirok etadigan 14 ta jamoa har bir tur doirasida o‘z raqiblarini bilib oldi. Bu haqda O‘zPFL o‘z sahifasida xabar berdi.
Superliga o‘yinlari 3 mart kuni start oladi. U-20 Osiyo kubogining parallel start olishi chempionat uchun qator noqulayliklar keltirib chiqaradi, ammo taqvim O‘zbekistonda o‘tkaziladigan nufuzli turnirdan kelib chiqib tuzildi.

O‘tgan mavsumda qoniqarsiz natijalar ko‘rsatgan Samarqandning “Dinamo” va “Qo‘qon-1912” klublari yangi mavsumni Pro-ligada boshlasa, “Buxoro” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari yangi mavsumni Superligada boshlaydi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral