Fuqaroning nafaqasini oshirish evaziga pora olgan Pensiya jamg‘armasi xodimi ushlandi
3-sahifa
−
10 avgust 3878 1 daqiqa
Namanganda nafaqaga chiqarib berishni va’da qilib, evaziga pora olgan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mas’uli qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Namangan shahar bo‘limi bosh mutaxassisi J.A. 2 nafar fuqaroni yoshga doir nafaqaga chiqarish va nafaqa pullarini oshirib berishni va’da qilib, 200 AQSH dollari va 4,8 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 6 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 100 million so‘m talab qilgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi