Fuqarodan $1000 talab qilgan “raygaz” xodimi ushlandi (video)
3-sahifa
−
13 iyun 3611 1 daqiqa
Toshkent shahrida fuqarodan hisoblagich yo‘qligi sababli ishlarini bosti-bosti qilib berish evaziga qariyb 1 000 AQSH dollari talab qilgan Yunusobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro Toshkent shahar IIBBga murojaat qilib, Yunusobod tumani gaz ta’minoti bo‘limida ishlovchi mas’ul shaxs gaz hisoblagich o‘rnatilmaganligi sabab dalolatnoma tuzmaslik, jarimaga tortmaslik va hujjatlarni to‘g‘rilab berish evaziga 12 million so‘m pul talab qilayotganligi hamda u shu kunga qadar 1 million 200 ming so‘m berganligini ma’lum qilib, mazkur shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani gaz ta’minoti bo‘limida ishlovchi mas’ul shaxs fuqarodan 12 million so‘mdan qolgan 10 million 800 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs gaz ta’minoti bo‘limida jabrlanuvchining mahallasiga biriktirilmagan xodim bo‘lgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi uchinchi qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat zaxirasidagi 2 sotix yerni mansabdor tanishlari orqali olib berish uchun 50 ming dollar talab qilgan Guliston hokimligining mas’ul xodimi ushlangan edi.
Live
Barchasi